Bosh kiyim
Assalomu alaykum muxtaram Shayx Xazratlari. Sizga ikkita savolimiz bor edi, iltimos shunga javob yozib yuborsangiz:1. Bizni masjidlarda (Andijon) bosh kiyimsiz namoz ukish makrux degan yozuvlarni osib kuyishadi. Siz bunga nima deysiz tugrimi shu gap.2. Namozdagi ishorai sabboba xakida ma’lumot bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1- Bu gap barcha fiqh kitoblarida bor.2. Sabboba panjalarni tugib, bosh bormoq yonidagi-ko‘rsatgich-barmoq ila ishora qilish. O‘sha barmoqni arabchada «sabboba» deyiladi. Shuning uchun, tashahhudda qilinadigan ishorani ham «ishorai sabboba» deyiladi. «Ishorai sabboba» tashahhudda «Ashhadu aan laa ilaha» deganda «Laa ilaha»ni aytayotganda ko‘rsatgich barmoqni yuqoriga ko‘tarish va «Illallohu»ni aytganda tushirish bilan bo‘ladi. O‘sha barmoqni ko‘tarishda boshqa barmoqlarni yig‘ib olinadi. Ba’zilar ushbu rivoyatdagi «panjalarini tugib», deganini tashahhudga o‘tirishda tugib o‘tiradi, deb tushunganlar. Shuning uchun, avvaldan qo‘llarini mushtga o‘xshatib o‘tirishadi va «Laa ilaha»ga kelganda ko‘rsatgich barmoqlarini yuqoriga ko‘tarishadi. Tugmasdan barmoqlarni oddiy holatda qiblaga qaratib uchlarini tizzaga etkazib o‘tirish ko‘proq ma’qul bo‘lgan.«Sabboba» so‘kish deganidir. Binobarin, «ishorai sabboba» - so‘kish ishorasi bo‘ladi. Tashahhudda «Ashhadu anla ilaha illallohu»ning «Laa ilaha»sida ko‘rsatgich barmoqni ko‘tarish shaytonni so‘kish bo‘ladi. «Ishorai sabboba»ni qilib barmoqni tushirish Shaytonni temir qamchi bilan urishdek gap, deyiladi. Ishorani qilgandan so‘ng, namoz tamom bo‘lguncha o‘sha barmoqqa qarab turiladi.Ba’zi ulamolarimiz bu ishorani qilmaslikni aytganlar. Ammo Ibn Humom va Ali Qoriy kabi ulamolarimiz buni qilmaslik rivoyat va diroyatga xilof bo‘ladi, deganlar.Biz ustozi o‘rgatganlar qilsin, o‘rgatmaganlar qilmasin. Ammo ixtilof bo‘lmasin, deymiz.
30 Aprel 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 186 | Boshqa ibodatlar