Qon yoki yiringni tanada tarqashi

Assalomu alaykum! Tanadan o‘quvchi yiring yoki qonni tanada yoyilishidan avval qo‘lga olsa va qo‘lda oqsa taxorat sinadimi? Najas tanaga tashqaridan teksa ham tahorat sinadimi yoki yuvishlik kifoyami, burun qonashi haqida ham aytsangiz? Shaxvatsiz chiqqan maniy g‘uslni vojib etadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Oqadigan darajada chiqsa bo‘ldi, tahorat sinadi. O‘rnida oqadimi, qo‘liga olgandan keyin oqadimi farqi yo‘q.
2). Najas tashqaridan tegsa tahorat sinmaydi. Najosatni o‘zini yuvish kifoya qiladi. Burun qonasi tahorat sinadi. Yuk ko‘targan, balandlikdan sakraganda chiqsa g‘usl vojib bo‘lmaydi. Mabodo biror sababdan qo‘zg‘algan bo‘lib, keyin shahvat bosilgandan keyin chiqsa g‘usl vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:29 | Savol-javoblar | 197 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar