Namozda ayollar kiyimi

Assalomu alaykum! Menga bir dugonam etagi uzun bo‘lsa ham lozimsiz(ichki kiyimda) quruq ko‘ylakda namoz o‘qish mumkin emas dedi. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ayollarning namozdagi kiyimlari qiyom, ruku’ va sajdalarida tufuqdan tepa qismi ko‘rinmaydigan bo‘lishi kerak. Ichki lozim shart emas. Sahobiyalarning davrlarida ayollar tugul erkaklar ham shalvar kiyishmagan. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 16:42 | Savol-javoblar | 205 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar