Tahajjuddan so‘ng o‘qigan duolari

Assalomu alaykum! Men islom.uz saytidan bir maqola ukigandim. Bu makolada: Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi tursalar, tahajjud o‘qir, so‘ng ushbu duoni aytar edilar: «Allohumma robbana lakal hamd, anta qoyyimus-samavati val-arzi va man fiyhinna va lakal hamd, laka mulkus-samavati val-arzi va man fiyhinna va lakal hamd, anta nurus-samavati val-arzi va man fiyhinna va lakal hamd, antal haqq va va’dukal haqq va liqouka haqq va qovluka haqq val-jannatu haqq van-naru haqq va Muhammadun haqq vas-sa’atu haqq. Allohumma laka aslamtu va bika amantu va ’alayka tavakkaltu va ilayka anabtu va bika xosamtu va ilayka haakamtu, fag‘firliy ma qoddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a’lantu. Antal muqaddim va antal muaxxir, Laa ilaha illa anta». Namoz uqishni boshlaganimga xali ko‘p bo‘lmadi. Ushbu duoni taxajjud namozidan tashqari boshqa namozlardan so‘ng o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Buni odat qilib olib, u vaqtda o‘qiladigan boshqa sunnat duolar qolib ketmasin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:29 | Savol-javoblar | 164 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar