Namoz o‘qishda kiyimning holati

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men xamshiraman, tungi navbatchilikda ishlayman. Bemorlarga shoshilinch yordam ko‘rsatishim kerakligi bois ba’zida kiyim almashishga vaqt yo‘qligidan oq xalatimda o‘qiyman. Muolajalar tufayli kiyimimga dori sachrashi mumkin. Shu kiyimda o‘qishim joizmi? Agar joiz bo‘lsa yana savol tug‘iladi, muolaja vaqtida spirtdan foydalanaman. Namoz vakti bo‘lib qolsa taxoratim bo‘lsa spirt tekkan qo‘limni yuvib o‘qiyversam bo‘ladimi yoki taxorat olishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahoratingiz bo‘lsa spirtni zarari yo‘q. Sachragan dorilarni ham tarkibida shariat harom qilgan narsa bo‘lmasa uni ham zarari yo‘q. Namozdagi kiyimingiz masalasiga kelsak, badaningiz rangini ko‘rsatib turadigan darajada shaffof va yupqa bo‘lmasligi kerak. Ammo odatda shifokorlarning oq xalatlaridan ichkaridagi badani ko‘rinib turishini ko‘pchilik aytadi. Ba’zi bir hoji otalar ham oppoq ko‘ylak-shalvarlarni kiyib chiqishadi. Oftobda tursa tashqaridan badanining rangigacha ko‘rinib turadi. Bunday shaffof kiyimda o‘qilgan namoz durust bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:29 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar