Kassa yig‘ish
Assalomu alaykum! Men gap uchun pul yig‘ish haqidagi savol javoblarni ko‘rib chiqdim. Bu xuddi qarzga o‘xshar ekan, kim qancha bersa, shuncha olishi kerak. Bizdagi odat esa go‘shtni narxiga yoki dollarning narxiga bog‘laymiz. Shunda pul qadrsizlanganda ham hech kim kuymaydi. Fiqh.uz saytida Shayx hazratlari rohimahullohning pulning qadrsizlanishi bilan bog‘lik masalalar maqolasida ham qarzni go‘shtning narxiga qarab kelishib olinadi, deyilibdi. Demak, hozir go‘sht 50 ming bo‘lsa, 50 mingdan yig‘ib, keyinchalik go‘sht 60 mingga chiqsa 60 mingdan yig‘sak bo‘ladimi? Masalalar maqolasida ham qarzni go‘shtning narxiga qarab kelishib olinadi, deyilibdi. Demak, hozir go‘sht 50 ming bo‘lsa, 50 mingdan yig‘ib, keyinchalik go‘sht 60 mingga chiqsa 60 mingdan yig‘sak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dollar bersangiz dollar olishingiz kerak. Bunga ruxsat, ammo go‘shtga baholashga ulamolarning ixtiloflari bor. Yaxshisi, dollar berib dollar olish, so‘m ham emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:29 | Savol-javoblar | 136 | Moliya va tijorat