Payg‘ambarni tushda ko‘rish hadisi sahihligi
Assalomu alaykum! Shayx Abdulqodir Jiyloniy rahmatullohi alayhga tegishli “Hadoiq ul-axbor” va “G‘unya” asarlarida Abu Hurayra roziyallohu anhudan keltirilgan quyidagi hadis bor: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kimki juma kechasida ikki rakat namoz o‘qisa, har rakatida fotiha surasidan keyin bir marta “oyat ul-kursi”ni va 15 marta “qul huvallohu ahad”ni o‘qisa va namoz oxirida ming marta “اللهم صل و سلم على سيدنا محمد النبي الأمي” (Allohumma solli a’la sayyidina Muhammadinin Nabiyyil Ummiy) salovatini o‘qisa, u tushida meni ko‘radi. Keyingi juma oxiriga qadar albatta ko‘radi. Kim meni tushida ko‘rsa, unga jannat bordir va oldingiyu keyingi gunohlari ham kechiriladi.” (G‘unya). Shu xadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sahih darajasida emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:30 | Savol-javoblar | 159 | Hadislar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sahih darajasida emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:30 | Savol-javoblar | 159 | Hadislar