Qur’on harflarni o‘zgartirib o‘qish

Assalomu alaykum! Men suralarni xato yodlamaslik uchun o‘qib va eshitib yodlayman. Mishari Roshid Bin al-Afasiyning Yasin surasida 56-oyatni هُمْ وَأَزْوَاجُهُمْ فِي ظِلَالٍ عَلَى الْأَرَائِكِ مُتَّكِئُونَ (هُمْ وَأَزْوَاجُهُمْ فِي ظُلَلٍ عَلَى الْأَرَائِكِ مُتَّكُونَ) o‘qigan ekanlar. Va 32-oyatda مُحضَرُون so‘zi مُحضَءُون deb o‘qigan ekanlar. Yana bazi suralarda xam shunga o‘xshash biroz o‘zgartirib o‘qiganlar. Men xam ular o‘qiganlardek yodlayabman. Qur’onni karimni bunday o‘zgartirib o‘qishni zarari yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu Qur’onni o‘zgartirib o‘qish emas. Unda mutavotir etti qiroatning bir rivoyatida o‘qilgan. Qur’on eshituvchi eshitayotgan qiroatini qaysi rivoyatda o‘qilayotganini ham bilishi kerak. Bizning diyorlarda Hafsning Osimdan qilgan rivoyati o‘qilinadi. Qur’on ilmi mustaqil eshitib o‘rganiladigan ilm emas. Biror mutaxassis bilan bog‘lanib o‘qiladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:22 | Savol-javoblar | 148 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar