Begona ayollar bilan ish yuzasidan muloqot
Assalomu alaykum! Man qiziqishim va tirikchilik maqsadida chet eldan internet orqali har xil narsalar buyurtmasi bilan shug‘ullanaman. Faoliyatim taqozosi bilan har xil kiyimlar va shu bilan birga ayollar kiyimlari (ichkilari ham bor) ham buyurtma qilaman. Shundan kelib chiqib quyidagi savollarimga javob bersangiz xursand bo‘lar edim. Man buyurtma qiladigan internet magazinda narsalar narxlari $ da belgilanadi, mamlakatimizda mayda dollarlar topish muammo bo‘lganligi sabab, mijozlarning pullaridan arzimagan tsentlar ortib qoladi. Buni qaytib berishning imkoni bo‘lmaydi. O‘zim uchun xech qanday foyda ushlab qolmayman yoki narxlarni oshirib ham aytmayman. Bu qolayotgan mayda chaqalar man uchun halolmi? Bu holda nima qilishimni maslaxat bersangizlar. Shu ish tufayli har xil ayollar bilan telefon yoki internet orqali muloqot qilib, ularga ma’lumot berishga to‘g‘ri keladi. Manda yomon niyat bo‘lmasa ham bunday qilishim to‘g‘rimi? Lekin barcha muloqotlar ish yuzasidan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! So‘mda qaytarib berasiz. Ayollar kiyimlarini bilan savdo qilishingiz joiz, lekin bu darajaga etishingiz joiz emas. Bu uchun birorta yaqinlaringizdan ayol ishchi olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 201 | Moliya va tijorat