Shifokor xizmati uchun bemorlar beradigan pul

Assalomu alaykum! Davlat ishxonalarida ishlaydigan shifokorga bemor doktorga xizmati qilgan va muolajalari uchun beradigan, ya’ni tashlab ketadigan pullari halol bo‘ladimi? Chin ko‘ngildan bersachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chin ko‘ngildan bergani joiz. Ta’ma qilib olingani hamda odamlar bermasam qaramay qo‘yadida deb bergani halol emas. عن عمرو بن يثربي  رضي الله عنه  قال: قال رسول الله - صلى الله عليه وسلم:  لا يحل مال امرئ مسلم , إلا بطيب نفس منه  Amr ibn Yasribiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishining ko‘ngildan chiqarib bermagan moli halol bo‘lmaydi” deganlar.
Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:41 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar