"Ro‘zmetov" kolbasa mahsulotlari halolmi?

Assalom alaykum! Hurmatli ustozlar, Ramazon oyida tutgan ro‘zarimizni, qilgan ibodatlarimizni Allohim dargohiga qabul aylasin. Savolim shundan iborat: "Ro‘zmetov" kolbasa mahsulotlari halol deyishadi, xatto tarkibiga cho‘chqa go‘shtiyu shunga o‘xshash xarom narsalarni solishmas ekan. Buni Daryo.uz muxbirlari "Ro‘zmetov" kolbasa tsexiga borib aniqlagan ekanlar. Shunga sizlardan so‘ramoqchi bo‘lganim shu kolbasa mahsulotlari halolmi? Iste’mol qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ular bizning hay’atimizdan biror vakilni olib faoliyati bilan tanishtirgan emas. Biz ham bilmagan va ko‘rmagan narsamizga biror narsa demaymiz. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 177 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar