Yolg‘ondan savdo qilish
Assalomu alaykum! Musulmon birodarlarimiz bilan bo‘lgan ikkita voqe’ani bayon qilmoqchi edim. Mendan bir kishi qora mol olish uchun men xurmat qiladigan kishini boshlab keldi va molni men xurmat qiladigan kishiga olmoqchiliklarini aytib savdolashishdi. Tabiiyki men u kishining xurmatlari uchun molning narxidan tushib berdim. Keyinchalik ayon bo‘lishicha molni u kishi olmagan ekanlar shunchaki narxini tushurish uchunmi yoki boshqa sabab bilan molni oladigan odam rolini o‘ynab bergan ekanlar. Ikkinchi voqe’a uyda boqilgan sigirimni so‘yib sotib berishi uchun qassoblik qiladigan qarindosh bolani chaqirgandim u kelib molingizni ikki taraf xam kuymaydigan qilib tiriklay sotib beraman dedi va xaridor olib keldi, go‘shti falon kg atrofida qassob pulini 300.000 o‘tib berasiz deb molni xaridorga olib berdi (qassob yigit qarindoshligi uchun men xam ishona qoldim). Uni xam keyin bilsam ko‘chadan olib kelgan xaridori soxta ekan, molni go‘shti qarindoshimiz aytganidan ancha ko‘proq ekan va molni aslida qassob qarindoshimizning o‘zi olgan ekan. Soxta xaridor esa rol o‘ynab beribdi. Garchi bu xiyonatlar og‘ir botgan bo‘lsa xam men o‘zim qadarga iymon keltiraman va ketgan narsaga achinmayman va mollarga xam mingdan ming roziman. Lekin bunaqangi yolg‘onchilik va yolg‘on guvohlik, xiyonat bilan mol topadiganlarni insofga chaqirishga yordam berishingiz uchun bu voqe’alarni sizlarga yozdim. Javobda bergan xulosalaringizni o‘qib ko‘pchiligimiz zora to‘g‘ri xulosa chiqarsak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularni holiga voy. Ular ozgina foydani deb dinini sotganini bilmay qolishadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undaylar haqida “Kim makr qilsa bizdan emas” deganlar. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 01:42 | Savol-javoblar | 165 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularni holiga voy. Ular ozgina foydani deb dinini sotganini bilmay qolishadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undaylar haqida “Kim makr qilsa bizdan emas” deganlar. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 01:42 | Savol-javoblar | 165 | Moliya va tijorat