Og‘ir bemorga shifo so‘rab qilinadigan duo

Assalomu alaykum! Oilamiz bilan musofirchilikdamiz, farzandimiz operatsiya bo‘ldi. Bir kasali tuzalib, lekin boshqa dardga duchor bo‘ldi, og‘ir ahvolda. Farzandimni oldiga kirish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi. Kasaliga shifo so‘rab qanaqa duo qilsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ أَبِي أَوْفَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ كَانَتْ لَهُ إِلَى اللهِ حَاجَةٌ أَوْ إِلَى أَحَدٍ مِنْ بَنِي آدَمَ فَلْيَتَوَضَّأْ فَلْيُحْسِنِ الْوُضُوءَ، ثُمَّ لِيُصَلِّ رَكْعَتَيْنِ، ثُمَّ لِيُثْنِ عَلَى اللهِ وَلْيُصَلِّ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، ثُمَّ لِيَقُلْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ الْحَلِيمُ الْكَرِيمُ، سُبْحَانَ اللهِ رَبِّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ، الْحَمْدُ للهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ، أَسْأَلُكَ مُوجِبَاتِ رَحْمَتِكَ، وَعَزَائِمَ مَغْفِرَتِكَ، وَالْغَنِيمَةَ مِنْ كُلِّ بِرٍّ، وَالسَّلَامَةَ مِنْ كُلِّ إِثْمٍ، لَا تَدَعْ لِي ذَنْبًا إِلَّا غَفَرْتَهُ، وَلَا هَمًّا إِلَّا فَرَّجْتَهُ، وَلَا حَاجَةً هِيَ لَكَ رِضًا إِلَّا قَضَيْتَهَا يَا أَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ. وَالله أَعْلَمُ Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kimning Allohga va bani odamdan birortasiga hojati bo‘lsa, yaxshilab tahorat qilsin, so‘ngra ikki rak’at namoz o‘qisin. Keyin Allohga sano va Nabiy  sollallohu alayhi vasallamga salovot aytsin. So‘ngra:
«Halimu Karim Allohdan o‘zga
(ibodatga sazovor) ma’bud yo‘q. Ulug‘ Arshning Robbi Alloh pokdir. Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo‘lsin. Men Sendan rahmatingni vojib qiluvchi, mag‘firatingni taqozo qiluvchi narsalarni va har bir yaxshilikdan g‘animatni, har bir yomonlikdan salomatlikni so‘rayman. Mening hech bir gunohimni qo‘ymay, mag‘firat qilgin, hech bir g‘amimni qo‘ymay, kushoyish qilgin, o‘zing rozi bo‘lgan hech bir hojatimni qo‘ymay, albatta chiqargin. Ey Arhamar Rohimiyn», desin», dedilar».
Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilganlar. Alloh bilguvchidir.
Sharh: Imom Ibn Hajar «Bu namozni shanba kuni sahar chog‘i o‘qib, talabi hojat qilish mandubdir, chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Kim shanba kuni ertalab talabi hojat qilsa, talabi hal bo‘ladi. Uning hojati ravo bo‘lishiga men kafilman», deb marhamat qilganlar», degan.
Albatta, duoning arabcha matnini yodlab olgan yaxshi.
Hojat namozi ila banda Alloh taologa yana bir bor bog‘lanmoqda. Bu namoz ila bevosita Alloh taologa roz aytish sharafiga muyassar bo‘lmoqda. Alloh taolodan boshqaga yalinish balosidan qutilmoqda. Hatto boshqa odamlarda hojati bo‘lsa ham, o‘sha odamga emas, Alloh taologa murojaat qilib, hojatini chiqarishini so‘ramoqda. Chunki haqiqiy hojat chiqaruvchi Allohning O‘zidir. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:43 | Savol-javoblar | 164 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar