Ijodkorlar xaqida

Assalomu alaykum! Ijod ahli, xususan shoir va yozuvchilar borasida dinimizda hukm qanday? "Qur’oni Karim"ning "Shuaro" surasida shoirlar haqida quyidagi oyatlar bor: "224. Shoirlarga yo‘ldan ozganlar ergashur. 225-226. Ularning (So‘z vodiylaridan) har vodiyda daydishlarini (ya’ni o‘zlariga yoqib qolgan eng tuban kimsa yo narsalarni ham ko‘kka ko‘tarib, yoqtirmaganlarini tuproqqa qorishlarini) va o‘zlari qilmaydigan narsalarni aytishlarini ko‘rmadingizmi?! I z o h. Bu oyatlar barcha zamonlardagi Allohdan qo‘rqmaydigan, ustlaridagi hokimiyat — siyosat o‘zgarishi bilan yozayotgan mavzulari, qahramonlari ham o‘zgarib ketaveradigan, o‘zgalarga to‘g‘rilik, ezgulik haqida lof urib, o‘zlari nopok yo‘llardan yuradigan maddoh qalamkashlar va o‘zlarining bor ilhom-iste’dodlarini ma’shuqalarining ta’rif-tavsiflariga sarf qiladigan nazmbozlar haqidadir. Lekin iymonli, ezgu amallar qiladigan va doim Allohni yodda tutadigan shoirlar bundan mustasno ekanligi to‘g‘risida quyidagi oyati karimada aytib o‘tiladi, Yana bu xususda payg‘ambar alayhis-salomdan ham ko‘p hadislar rivoyat qilingan. Shulardan biri mana bu hadisdir. Sahobalardan bo‘lgan bir shoir kelib payg‘ambar alayhis-salomga, Alloh taolo shoirlar haqida aytgan bu so‘zlardan keyin bizlarning holimiz ne kechadi, deganlarida hazrat shunday javob berganlar: «Mo‘min kishi ham tig‘i bilan, ham tili (ya’ni qalami) bilan Alloh yo‘lida jihod qilur. Yaratgan Egamning nomiga qasamki, sizlar otadigan o‘qning tig‘i o‘tkirroqdir». 227. Magar iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan hamda doim Allohni yodda tutgan va (ilgari) mazlum bo‘lganlaridan keyin (Islom zafar topgach) g‘olib bo‘lgan kishilar (ya’ni shoirlar yo‘ldan ozdirguvchi emaslar). Zolim kimsalar esa yaqinida qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar. (Shayx Alauddin Mansur tarjimasi)" Savol: Unda ijodkororasidan nasrning fantastika, mistika janrlarida ijod qilayotganlar gunohkor sanaladimi? Axir ulardagi voqealar asosan to‘qima, va yolg‘on bo‘ladiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘ziningiz keltirgan izohda javob turibdiku. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:44 | Savol-javoblar | 130 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar