Taqdir haqidagi savolga berilgan javobdagi shu fikrlar to‘g‘rimi

Assalomu alaykum!Men psixologik maslaxat kanalida quyidagi taqdir xaqidagi savol javobni o‘qib qoldim va bu javoblar to‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri aqiydami deb o‘ylab qoldim chunki taqdirni Xudo beradi yozmaydi inson o‘zi yozadi deyilgan va boshqa fikrlar bor,bilimim etmadi shuning uchun sizlardan so‘rab bilmoqchiman! Savol: Assalom aleykum meni psixologiyaga tegishli savolim boredi inson o‘z taqdirini o‘zi yaratadimi yoki hamasi yozilgan bo‘dimi chunki niyat qilib harakat qilganlarim hammasi 100% ishonch bo‘lganda ham aksi bo‘ldi javob uchun oldindan rahmat Javob: Yaratgan Egam bandasini ona qornida yaratayotganda butun yaxshi borliqlarni berib, taqdirini beradi, lekin yozmaydi. Taqdirni esa inson yashash davrida olgan tarbiyasi va atrofdagi insonlarni ta’siri ostida fikrlari orqali yozadi. Inson tomondan o‘y-fikrlari orqali yozganini Allohim amalga oshiradi. Bu qanday bo‘ladi. Buning uchun biror narsani so‘rashdan oldin, niyatni to‘g‘ri qilishni o‘rganishi kerak. Chunki, ong osti qilgan niyatingizga asoslanib shu narsani amalga oshiradi. Ya’ni, niyatda 0.1% ikkilanish bo‘lmasligi va bu narsaga ongda emas qalbdan ishonish kerak. Bir narsani tushuning siz niyat qilib maqsad sari harakat qilganingizda ong qarshilik ko‘rsatadi, chunki u uchun bu yangilik bo‘ladi. Ammo qalban bunga 100 % ishonch xosil qilganingizda, ong ko‘nikma xosil qilib, qabul qiladi va kelajakda amalga oshirish uchun sizga ong osti orqali yo‘l qidiradi. Tushunarlimi endi. Ana endi xotirjam o‘ylab ko‘ring? Qaerda xato qildingiz va o‘sha joyini to‘g‘irlang!Agar siz dindor bo‘lsangiz,unda xamma narsani parvardigor hal etadi. Lekin katta ishoch bo‘lgan taqdirda ham faqatgina yuqoridan kelishini kutib o‘tirish bilan u amalga oshmaydi. Agar dindor bo‘lmasangiz, va faqatgina o‘z kuchinga ishonsangiz, unda o‘z fikrlaringizni vizualizatsiyasi ustida ishlab ko‘rishingiz kerak. Masalan, siz yangi mashina istayapsiz, unda doimiy ravishda erta tongdan unda ko‘chalarda o‘z yangi moshinangizda sayir qilayotganingizni tasavvur qiling. O‘zingizni muvoffaqiyatga dasturlang, istaklaringiz amalga oshagandek tasavvur qiling. Chunki bizning hayol-fikrlarimiz moddiydir. Shuni aytib o‘tishim kerakki, bizning hayotimizda ro‘y berayotgan barcha xodisalar bizning harakatlarimizga bog‘liq, bexarakatga emas!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz keltirgan javobni aynan kim yozgan? Quyidagi linkda berilgan savol-javobni o‘qing. https://savollar.islom.uz/wparxiv/119709

3 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 186 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar