Maxr

Assalomu alaykum! To‘yimiz 20 yil avval bo‘lgan, o‘sha paytda maxrga tilla uzuk berishni tushunilar edi. Vaqt o‘tib bu narsa mulk bo‘lmasligi va uzuk maxr o‘rniga o‘tmasligini eshitdim. Turmush o‘rtog‘im “Men senga maxr qilib nima berganman” deganlarida “uzuk” deb javob bersam bu narsa noto‘g‘ri emasmikin deb ikkilandilar. Alhamdulillah oilaviy sharoitimiz o‘rta miyona. Oradan shuncha yil o‘tib maxr sifatida biror qimmatga ega biror narsa so‘rashim noto‘g‘rimasmi? Yoki bu narsani axamiyati qolmaganmi? Maxr so‘rashga haqqim bormi? Bu savol turmush o‘rtog‘im tomonlaridan taklif yuzasidan kiritildi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uzuk mahrga o‘tadi. Agar bergan bo‘lsa va olgan bo‘lsangiz mahr zimmasidan ado bo‘lgan. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 21:31 | Savol-javoblar | 71 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar