Namozda tamoq qirish
Assalomu alaykum! 1). Biz ishxonada jamoat bo‘lib namoz o‘qimiz. Imomlikga tajvidi bor xamkasbimiz chiqadilar. Ular namoz o‘qiyotganlarida doimo bir necha bor tamoq qiradilar. Biz bilmaymiz uzrlimi yoki uzrsiz. Nazarimda odatga o‘xshaydi. Ushbu o‘qiyotgan namozimiz buzilmaydimi? 2) Imomlikga uylangan odam o‘tsa savobi 70 barobar ko‘proq deb aytishadi. Shu to‘g‘rimi. Javobingiz uchun rahmat. Alloh qilayotgan ishlarizni hayrli qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1) O‘sha kishining o‘zidan so‘rash kerak. Agar uzrsiz bo‘lsa, namoz buziladi.
Uzrsiz tomoq qirish.
Majbur bo‘lib yoki ovozini yaxshilab olish uchun tomoq qirgan kishining namozi buzilmaydi. Ammo uzrsiz ikki harf miqdorida ovoz chiqarib tomoq qirish namozni buzadi. («Kifoya» kitobidan).
2) Bunday gap yo‘q. Shu ma’nodagi yolg‘on hadis shialarda bor. Uylangan kishining namozga o‘tishi borasida, imomlikning asosiy shartlari namozning ahkomlarini yaxshiroq bilgani, tilovatda tajvidi yaxshirog‘i, taqvodorrog‘i, yoshi kattarog‘i, ahloqi go‘zalrog‘i kabi vasflarda bir necha kishida teng bo‘lib qolsa, ularning uylangani o‘tadi. Shu holatdagina uylangan kishining imomligi afzal bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 172 | Namoz