Bir yilda ikki marta gullagan daraxt
Assalomu alaykum! Bizning hovlimizda doim bir yilda ikki marta gullaydigan mevali daraxt bo‘ladi, ya’ni baxorda va yozning oxirlarida yana bir bor gullaydi. Ko‘pincha bu olma yoki gilos daraxti bo‘ladi. Kattalar ko‘riboq “voy bu juda yomon, xosiyatsizlik va hokazolar” deb gullarini yulib yulib tashashadi. Oldingilar xam shunday qilishgan, xosiyati yomon daraxtni kesib tashab, o‘rniga achchiq qalampir ilib qo‘yish kerak deyishyapti. Shuning uchun savol yozishga kirishdim. Iltimos, bu haqda aniqlik kiritsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bekor gap. Havo issiq kelsa uch marotaba ham gullaydi. Issiq o‘lkalarga boring, mevalar to‘xtamasdan meva qiladi. Sharofatli yoki kasofatli bo‘lish odamda bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:50 | Savol-javoblar | 225 | Turli savollar