Haj yoki umrada o‘qiladigan namoz

Assalomu alaykum ustozlar! Eshitishimcha haj yoki umraga borganda Madinai Munavvarada savobi ulug‘ bo‘lgan 40 vaqtli yoki rakaatlik (aniq bilmadim) o‘qiladigan namoz bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masjidi Nabaviyda qirq vaqt namozni jamoat bilan o‘qishning fazilatiعن أنس رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم أنه قال: من صلى في مسجدي أربعين صلاة لا يفوته صلاة، كتبت له براءة من النار ونجاة من العذاب، وبرئ من النفاق. الإمام أحمد في مسنده والطبراني في الأوسط  Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasuli akram sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kimda-kim mening masjidimda birorta namozni qoldirmay, (uzluksiz) qirq (vaqt) namozni o‘qisa, uning uchun (uch xushxabar bor): jahannamdan ozod bo‘lish, (dunyo va oxiratda) azobdan najot topish yozib qo‘yiladi va u munofiqlikdan salomat bo‘ladi» Musnadi Imomi Ahmad. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:50 | Savol-javoblar | 159 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar