Hadisdagi so‘zlarni sharhlab bersangiz
Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari.Alloh sizdan, ota-onangizdan, ustozlaringizdan rozi bo‘lsin!Quyidagi hadisda «Batahqiq, ular sendan keyin o‘zgartirib yuboradilar», jumlasini iloji bo‘lsa kengroq sharhlab bersangiz iltimos.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam maqbaraga kirdilar-da: «Assalomu alaykum, ey mo‘min qavmlar diyori! Albatta, biz ham sizga qo‘shiluvchimiz. Bir birodarlariimizni ko‘rmoqni xush ko‘rdim», dedilar. Odamlar: «Ey Allohning Rasuli, biz birodarlaringiz emasmizmi?» dedilar. U zot:«Sizlar sahobalarimsiz. Birodarlarimiz, hali-hanuz kelganlaricha yo‘q», dedilar. Ular:«Ey Allohning Rasuli, o‘z ummatingizdan hali-hanuz kelmaganlarini qandoq taniysiz?» dedilar. Bas, U zot: «Aytingchi, bir odamning qop-qora otlar ichida yuzi va oyoq qo‘llari oppoq porlagan otlari bo‘lsa, u zot otlarini taniy oladimi?» dedilar. Odamlar: «Albatta, ey Allohning rasuli», dedilar. U zot: «Albatta, ular tahoratning asaridan yuzlari va oyoq qo‘llari porlagan holda kelurlar. Men ularni hovuz ustida kutib oluvchilariman. Ogoh bo‘linkim, albatta, bir guruh odamlar mening hovuzimdan xuddi qochgan tuyani qaytarilganidek qaytarilurlar. Men:«Hoy, bu yoqqa kelinglar», deb ularga nido qilurman. Shunda: «Batahqiq, ular sendan keyin o‘zgartirib yuboradilar», deyiladi. Men: «Undoq bo‘lsa, halok bo‘lsinlar, halok bo‘lsinlar», deyman», dedilar». Muslim va Nasaiy, ba’zisini Buxoriy rivoyat qilgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu erda diynni o‘zgartirib yuborish haqida so‘z ketmoqda.
6 May 2022, 02:01 | Savol-javoblar | 165 | Hadislar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu erda diynni o‘zgartirib yuborish haqida so‘z ketmoqda.
6 May 2022, 02:01 | Savol-javoblar | 165 | Hadislar