Do‘st haqida hadis
Assalomu alaykum! Quyidagi xadis sahihmi? DO‘ST Hasan Basriy rohimahulloh: «Do‘stlaringiz orasida mo‘minlarni ko‘paytiringlar. Ular qiyomatda shafoat qiladilar» - deganlar. Vafodor do‘st, sizni jannatlarda qidiradigan -do‘stdir! Ibn Javziy rohimahulloh: «Agar jannatda meni orangizdan topolmasangiz, aytinlarki, «Ey Robbimiz, falon bandang do‘stimiz edi. Bizga Seni eslatardi» denglar!» dedilar-da, ko‘z yoshlarini tiya olmadilar! Jannat ahli jannatga kirishlari bilan o‘z yakinlarini qidiradilar. Topaolmasalar Allohdan shafoat qilishni so‘raydilar: "Ey Robbimiz bizni do‘stlarimiz bor edi. Biz birga namoz o‘qirdik, ro‘za tutardik. Ularni ko‘rmayapmiz" - deydilar. Shunda Alloh azza va jalla: "Boringlar qalbida zarra qadar iymon bo‘lganlarni do‘zaxdan chiqaringlar" - deydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bular hadis emas, o‘sha siz zikr qilgan zotlarning so‘zlari. Oxiridagi jumlalar hadisda ham kelgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:51 | Savol-javoblar | 330 | Hadislar