Ota-ona tushunchasi tufayli uylanmaslik
Assalomu alaykum! Ming bor uzr so‘ragandan holda Sizdan bir savol-muammoga echim topib berishingizni iltimos qilib qolaman. Rosululloh sollollohu alayhi vasallam hadislarida xotin tanlashda obro‘si, boyligi va chiroyidan ko‘ra diniga qarab olish afzal ekanini aytganlar.Men o‘zim musulmonman. Agar musulmon, ibodatli,odobli oiladan qiz olsam uyimdagilar unga gapiradigan gaplardan ertaga ajralish bo‘lishi muqarrar. Chunki... Meni uyimda hamma kommunist mafkurasida, Qur’onni odam yozgan, Payg‘ambar alayhissalom nomlariga turli yomon gaplar gapiradigan, Islom unday-bunday deydigan, Islom amalkarini inkor etib, o‘zi ado etmagani etmaganday meni ham qaytaradigan insonlardir. Doim ularga hidoyat so‘rayman namozda. Ammo hali natija yo‘q. Ertaga musulmon oiladan qiz olsam dinimizni deb katta janjal bo‘lishini bilaman. Ota-onasi ham oldindan surishtirsa menga qizini bermaydi. Mahallada hamma biladi bizni oilani. Agar bersa ham har kuni dinimizga tosh otiladigan gaplarga chiday olarmikan?! Birovni yig‘lashini, hayoti qiyin bo‘lishini hohlamayman. Bir echim bo‘lishi kerak. Nima qilay? Musulmon insonga uylanaymi? Unga va oilasiga qiyinchilik olib kirmaymanmi? Shundan qo‘rqaman. Bu gaplarim bilan endi dinsizlar oilasidanman, endi musulmon insonga uylanmaymi demoqchi emasman Oldindan rahmat! Alloh Sizni so‘raganingizdan afzalini bersin! Sog‘ salomat bo‘linglar! Noo‘rin gaplarim uchun ming bor uzr!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uylanib alohida yashashga harakat qiling. Nima bo‘lganda ham iymonli qizga uylaning. Ota-ona ham vaqtincha birga yashaydi, keyinchalik hamma o‘z yo‘liga ketadi. Hatto qiyomatda ham bir-birlaridan qochishlar Qur’onda zikr qilingan. Alloh taolo "Abasa" surasida marhamat qiladi: فَإِذَا جَاءتِ الصَّاخَّةُ 33. Vaqtiki kar qiluvchi ovoz kelsa, يَوْمَ يَفِرُّ الْمَرْءُ مِنْ أَخِيهِ وَأُمِّهِ وَأَبِيهِ وَصَاحِبَتِهِ وَبَنِيهِ 34. u Kunda kishi o‘z aka-ukasidan qochadir…
35. va onasi va otasidan…
36. va xotini va bola-chaqasidan.
Ya’ni qiyomatning dahshatidan hamma o‘zi bilan ovora bo‘lib qoladi. Hatto hech kimning aka-ukasi, ota-onasi va xotiniyu bola-chaqasi bilan ham ishi bo‘lmay qoladi.
Bu dunyoda inson boshiga og‘irlik tushgan xotini, bola-chaqasi, ota-onasi va aka-ukasiga yordamga shoshiladi. Mazkur kishilarga kattadir-kichikdir musibat etganda, yordam berish burch, yordam bermaslik esa or-nomus hisoblanadi. Ammo qiyomat qiyinchiligida esa inson mazkur kishilarni ham tashlab qochadi. لِكُلِّ امْرِئٍ مِّنْهُمْ يَوْمَئِذٍ شَأْنٌ يُغْنِيهِ 37. U Kunda ulardan har bir kishini ovora qiluvchi o‘z ishi bor.
Ha, qiyomat kunining dahshati shunchalik kuchliki, har bir odam, kim bo‘lishidan qat’i nazar, faqat o‘zinigina o‘ylab qoladi. Aka-uka ham, ota-ona ham, bola-chaqayu, er yoki xotin ham yodga kelmay qoladi. Hamma o‘zini o‘ylab, bir-biridan qochadi.
Demak, o‘shandoq kunda sharmanda bo‘lib qolmaslik uchun hozirdan tayyorgarlik ko‘rib borish kerak. Chunki ushbu biz yashab turgan besh kunlik dunyo oxiratning ekinzoridir. Har kim ekkanini o‘radi. Bu dunyoda iymon-e’tiqod bilan, ibodatu solih amal bilan o‘tganlar u dunyoda baxt-saodatga erishadilar. Bu dunyoda kofir bo‘lib, fisqu fujur bilan o‘tganlar esa og‘ir ahvolda qoladilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:55 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush