Bolalik bo‘lish uchun
Assalomu alaykum! Ustozlar meni yaqin dugonam anchadan buyon farzandli bo‘lolmayabti, yaqinda xomilador bo‘lgandi u xam tushib qoldi. Endi qaynonasi dugonamni bir xotinga obormoqchi ekan, u xotin bitta tovuq va bitta xo‘roz so‘yib qonini er-xotinga surtisa tez orada farzandli bo‘ladi debti. Dugonam bu shirk, katta gunox desayam ko‘nishmayabdi, nima qilishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mutlaqo bormasin. Butparastlarning bir nechta ilohlari bor. Bittasini rizq beruvchi deyishadi, birini omad keltiruvchi, birini yaxshilik, birini yomonlik, birini suv, birini temir, birini er, birini osmon xudosi deb tushunishadi. Biznikilar ham ayni shunday shirk e’tiqodga o‘tirib bo‘lishgan. Dovud alayhissalomni temir xudosi deyishadi, garchi lafzini pir deb o‘zgartirishgan bo‘lsa ham. U kishiga atab jonliqlar so‘yishadi. Madad qilishini so‘rashadi. Nuh alayhissalomni yog‘och xudosi qilib olishgan. Bu boraga tegishli hamma ishlarda u kishidan madad so‘rashadi. U kishiga atab taomlar pishirishadi, oxliqlar atashadi. Imom Naqshbandiy rahmatullohi alayhni yaxshiliklar xudosi, yomonliklarni daf qiluvchi balogardon deb yuqoridagi ishlarni qilishadi. Bundan tashqari farzand tilanadigan, rizq tilanadigan xudochalarini hisobi yo‘q. O‘zlaricha har bir maqbaraning tagida shunday xudocha qilib olishgan. Buni shirk va ko‘pxudolik bo‘lishidan hech qanday farqi yo‘q. Chunki u kabi ishlarni aslida Alloh taoloning O‘zigina qodir va Alloh taoloning o‘zidangina so‘rash kerak. Ko‘pxudolik tarixini o‘qib hozirgilarni “pir”iga qilayotgan muomalasidagi farqni topingchi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush