Uyning ostonasida o‘tirsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men oldin shu to‘g‘risida so‘ralganligini topolmadim. Savolim shuki, yoshi katta kishilar otam-onam, ilgari bizni yoshligimizda uy ostonasida o‘tirma deyishardi. Bugun bir rus saytda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qaytarganliklari va hadis borligini yozibdi. Men tushuna olmadim, shu to‘g‘risida tushuncha bersangizlar. Javob uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan yo‘l bo‘yiga o‘tirib olish haqida hadis kelgan. Ostonaga o‘tirish oqil odamning ishi emasligi haqida hadis kelishi ham shart emas. Birinchidan u erda elvizak bo‘ladi, ikkinchidan odamlarning chiqish kirishiga halal beradi.  عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِيَّاكُمْ وَالْجُلُوسَ عَلَى الطُّرُقَاتِ». فَقَالُوا: مَا لَنَا بُدٌّ، إِنَّمَا هِيَ مَجَالِسُنَا نَتَحَدَّثُ فِيهَا. قَالَ: «فَإِذَا أَبَيْتُمْ إِلَّا الْمَجَالِسَ فَأَعْطُوا الطَّرِيقَ حَقَّهَا»، قَالُوا: وَمَا حَقُّ الطَّرِيقِ؟ قَالَ: غَضُّ الْبَصَرِ، وَكَفُّ الْأَذَى، وَرَدُّ السَّلَامِ، وَأَمْرٌ بِالْمَعْرُوفِ، وَنَهْيٌ عَنِ الْمُنْكَرِ Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘llarda o‘tirishdan saqlaninglar!» dedilar. Shunda: «Boshqa ilojimiz yo‘q, chunki bu gaplashib o‘tiradigan joylarimizdir», deyishdi. U zot: «Agar o‘tirishdan boshqaga ko‘nmasangiz, u holda yo‘lning haqqini beringlar», dedilar. Ular: «Yo‘lning haqqi nima?» deyishdi. U zot: «Ko‘zni tiyish, ozor etkazishdan tiyilish, salomga alik olish, ma’rufga buyurish va munkardan qaytarish», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:42 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar