Rangni spirt qo‘shib tayyorlash joizmi?

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda tort pishiruvchilar tort bezatishda tilla rang bo‘yoqdan foydalanishda uni spirtga qo‘shib suyultirishadi(suvda bo‘lmaydi), spirt uchib ketib rang qoladi deb. Tort iste’mol qiluvchilar buni bilmasligi mumkin. Rangni shu usulda tayyorlash joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch mazhabda spirt nopok, Abu Hanifa rahmatullohi alayhning nazdlarida spirt pok. Shu gapni olsangiz foydalanishingiz joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:58 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar