Ustoz

Hurmatli Shayh hazratlari. Qimmatli vaqtingizni ayamasdan bu savollarga javob beryapsiz, bu qilayotgan savobli ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Hazrat men anchadan buyon sizning maqolalaringizni o‘qib unga Alloh qodir qilgancha amal qilaman. Shuningdek juda ko‘p videolavhalaringizni ko‘rib eshitaman. Shu yaqinda "Ruhiy tarbiya", "Ijtimoiy odoblar", "Ramazon tuhfalari" nomli videolavhalarni ko‘rdim, ko‘rganda ham mazza qip juda ko‘p ilm oldim. Hazrat afsuski meni ustozim yo’q. Men doimo sizning manbalaringizdan foydalanaman. Shu sababdan biror kishi ustozing kim deganga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari bo‘ladilar deb javob bersam bo‘ladimi? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman oldindan. Alloh sizni ikki dunyo saodatiga erishtirib martabangizni bundanda ulug‘ qilsin ilohim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘ladi.

2 May 2022, 21:39 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar