Ro‘zadorning tahorati

Assalomu alaykum! Ustoz, qazo ro‘zalarimmi Dushanba va Payshanba kunlari tutushni odat qildim. Lekin menda bir muammo bo‘lyapti. Ya’ni taxorat ovotganimda bilmasdan g‘arg‘ara qilib yuboryapman yoki burnimga achishtirguncha suv yuvoryapman. Meni esimdan chiqib qolyapti ro‘za tutganim. Lekin men taxorat ovotganda og‘zidan yoki burnidan suv o‘tib ketsa ro‘zasi buzilishini va qazosi vojib bo‘lishini bilaman. Baribir taxorat ovotganimda ro‘za tutganligim yodimdan ko‘tarilib qoladi. Aytingchi, ro‘zador bo‘lib bunday bilmasdan g‘arg‘ara qilish yoki burunni achishguncha yuvsam menga o‘sha kungi tutgan ro‘zamning qazosi yana qazo ro‘za bo‘lib vojib bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yana qazo bo‘ladi. G‘arg‘ara qilishni o‘zi bilan ro‘za ochilmaydi. Burunni achishtirib yuvsangiz ochiladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:03 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar