Restorandagi to‘y nikohni buzadimi?
Assalomu alaykum! Yaqinda diniy ta’limotga ega dugonam agar islomiy to‘y qilmasdan restoranda vecher qilinsa, 3 kun oldin o‘qitilgan nikoh vecherda buziladi deb aytdi. Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohni buzadigan ish bo‘lmasa, nikoh buzilmaydi. Bir vaqtda nikohlansalar ham zarari yo‘q. Avratlarini ochib hammaning oldiga chiqib olish, buni gunoh deb bilmaslik, hatto bu ishidan fahrlanish Allohning “Avratni berkit” degan amriga ziddir. Bir gunohning ikki tomoni bo‘ladi. Biri odamiy, ikkinchisi shaytoniy. Odamiy deb gunoh qilayotgan inson gunohni gunoh deb bilishi, nafsining kuyiga kirib qilayotganini tan olishi, qalban afsus chekadiganiga aytiladi. Bunday gunohni kelgusida tavba bilan kechirilishiga umid bor. Shaytoniy deb gunohni gunoh deb bilmaydigan, undan fahrlanadigan, kimdir buni gunoh desa shaytonga o‘xshab bahona qiladigan, qalbida gunoh qilayotganiga afsus chekmaydiganiga aytiladi. Bundaylarning oqibati ham shaytonniki bilan bir xil bo‘ladi. Gohida kufr darajasiga ham etadi. O‘sha darajasi sodir bo‘lganida nikoh ham buziladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:11 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush