Qarz, kvartira

Hurmatli Shayx hazratlari! Aziz Ustoz! Uzr, yana Sizning vaqtingizni olyapman. Bir chigal muammoga duch kelib qoldim. Masalani to‘liq anglatish uchun so‘zim biroz cho‘zilishi mumkin. Otam menga uy olib berolmaganlari uchun ortiqcha 2xonali kvartiramizni menga berdilar va o‘zing qancha qo‘shsang qo‘shib uy olaver, dedilar. Qaynotamga bu haqda aytdim, u kishi poytaxtdan 2xonali uy olish uchun qancha qo‘shish kerak bo‘lsa men qo‘shaman, dedilar va otam bergan kvartirani sotdilar. Oradan 5 yil o‘tdi. Ammo qaynotamning ishi yurishmagani bois, uy olinmadi. Otam esa bu orada o‘z uylarining pulini talab qila boshladilar. Qaynotam uyning o‘sha sotilgan summasini qaytargan edi, otam unga rozi bo‘lmadilar va "Uy sotilgandan beri pul ancha qadrsizlandi. Endi yo menga o‘z uyimni olib berasiz, yoki bo‘lmasa pulni o‘sha paytdagi dollarning qiymatiga chaqib qaytarasiz", demoqdalar. Bu masalani shar’an to‘g‘ri echimi qandoq bo‘ladi?Ularning viloyatdan kelib-ketishlari biroz mashaqqat bo‘lgani uchun savolimni bu erdan bera qoldim. Javobingiz uchun oldindan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Otangizning gapi to‘g‘ri.

6 May 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar