Yosh bolalarning namozi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar biz namozni o‘qish uchun masjidga chiqamiz, iloji boricha oldingi saflarda o‘qishga harakat qilamiz. Oldinda yosh bolalar yoki yosh yigitlar biror tanishlari bilan birga namoz o‘qish uchun chiqishgan bo‘lishadi, lekin ularni kiyimlari juda kalta bo‘ladi va sajda xolatida avratlari ochilib qoladi. 1) Orqadagilarni namozi durust bo‘ladimi? 2). Ularni orqa safga o‘tsang yaxshi bo‘ladi avratingni orqangdagilar ko‘rmaydi deb orqaga o‘tkazsak gunoh bo‘lmaydimi? 3). Juda yosh bolalarni masjidga chiqishi va oldingi saflarda (tinch turolmay) namoz o‘qishiga dinimiz qanday qaraydi. Javob uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Orqadagilarniki durust bo‘ladi.
2). Bu gapni aytishdan avval namozga qayta kelmaydigan bo‘lib qolishini bir o‘ylab ko‘ring.
3). Yaxshi qaraydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 169 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar