Mening qilayotganim to‘g‘rimi yoki otamning
Assalomu alaykum! Men 22daman. Otam 45 yoshdalar, otam avval yaxshi ishlar edi. Otasi bilan orasi buzilgan shundan buyon qay ishni boshini tutsa hech yurishmaydi. Shundan ichkilikga ruju qo‘ygan, har doim emas tez tez ichib turadi. O‘zing tug‘ishganlari bilan ota onasi bilan ancha yildan beri gaplashmaydi. Dadam katta o‘g‘il. Bobomning fermasi bor. Otam avval unda ishlagan o‘sha paytlar pul ko‘plikdan ichgan, xarom ishlar bilan shug‘illangan. Moshinasini avariya qilgan. Shundan so‘ng bobam hozirgi yashab turgan uyimizni berdilar. Ro‘zg‘orimizni ajratgan. Endi otam fermaga borib janjal qiladilar ferma meniki edi deb va alamini ichkilikdan oladi. Shu sababli men bilan ham janjalashadi. Bir ikki marotaba onamga qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘lganida ularni qaytarib jahl ustida men ham qo‘llarini qayirib joniga ozor berdim. Shu sababli meni vijdonim qiynalib yuribdi. Otamga bir necha bor uyimiz bor moshinamiz bor bizga ferma kerakmas o‘zimiz ishlab kun ko‘ramiz desam hech ko‘nmayapdi. Shunga nima qilishni kimdan maslaxat olishni bilmayapman. Axvol bunday davom etaversa men otam bilan janjalashib ularga qo‘l ko‘tarib gunohga botamanku, oxiratim kuyadi degan gaplar meni qiynab kelmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri o‘ylabsiz. Endi bunday qo‘pollik qilmang, imkonini topib rozi qilib qo‘ying. Otangizga gap bilan ham yuzingizdagi ishora bilan ham norozilik bildirmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:13 | Savol-javoblar | 141 | Administrator
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri o‘ylabsiz. Endi bunday qo‘pollik qilmang, imkonini topib rozi qilib qo‘ying. Otangizga gap bilan ham yuzingizdagi ishora bilan ham norozilik bildirmang. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:13 | Savol-javoblar | 141 | Administrator