Ayoliga namozni eslatishda qattiqqo‘llik
Assalomu alaykum! Uylanganimga bir yildan oshdi, Allohga shukur qiz farzandli bo‘ldim. Qizimizga Rayyona deb ism qo‘ydik. Oila deb atalmish muqaddas dargoxda bahtli yashayapmiz. Rayyona ismi "Rayyon" jannatiga e’tiboran qo‘yilgan bo‘lishi to‘g‘rimi? 2. Ayolim bilan oila qurganimizdan buyon namozlarni iloji boricha ado etib keldik. Lekin ayolim farzandli bo‘lganimizdan so‘ng uzurli sabablardan tashqari holatlarda namozga e’tiborsiz bo‘lib qoldi. Men unga har doim eslatishga harakat qilaman. Unga nisbatan qattiqqo‘llik qilsam ya’ni "namoz o‘qimasang rozi bo‘lmayman", "namoz o‘qimasang boshqasiga uylanaman", "namoz o‘qimasang uyinga tashlab kelaman", "namoz o‘qimasang uyinga jo‘natmayman" va shunga o‘xshash yaxshi niyatda (Bularni qilmayman) gaplar gapirib ish tutsam bo‘ladimi. Payg‘ambarimizning ayollarga yaxshi munosabatda bo‘lish kerakligi to‘g‘risidagi aytganlarini inobatga olib iloji boricha yumshoqlik bilan tushuntirishga harakat qilib kelyapman. Bu to‘g‘risida qanday yo‘l tutish to‘g‘ri. Shariat ko‘rsatgan yo‘llardan misollar bilan tushuntirib bersangiz iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ha.
2). Soliha ayollarning jamoasiga qo‘shsangiz ayollar o‘ta kuykanak bo‘lishadi. Ularga xavas qilib o‘shalarga o‘xshagisi keladi. Albatta soliha ayollarni toping, yomonlarga qo‘shilib qolmasin. Domla peshinni o‘qib olaylik desa asrgacha vaqti bor deydiganlardan bo‘lmasin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:13 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush