Yulduzga qarash

Assalomu alaykum! Shu xadisni o‘qib qoldim Zikr va duolar kitobida. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu: «Agar yulduz uchsa, unga qaramaslikka va: مَا شَاءَ اللهُ لاَ قُوَّةَ إلاَّ بِاللهِ «Ma sha’allohu la quvvata illa billah», deb aytishga buyurildik», dedilar. (Ma’nosi: Alloh nimani xohlasa, bo‘ladi. Allohdan boshqada biror quvvat yo‘q). Ibn Sunniy rivoyatlari. Shunchaki charaqlab turgan yulduzlarga qarasa bo‘ladimi? Yoki iloji boricha qaramagan ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarasa bo‘ladi, ibrat olish kerak. Yuqoridagi zikrni aytib qo‘ysangiz savob ham olasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:15 | Savol-javoblar | 157 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar