Asrdan keyin toki shomgacha kitob o‘qib bo‘lmaydimi?

Assalomu alaykum! Onam meni ko‘p urishadilar Asrdan keyin kitob o‘qima to shomgacha deb. Nima bo‘ladi deb so‘rasam 40 martaga etsa shu o‘qiganlaring jinni bo‘lib qolasan deydilar shu rostmi? Asrdan keyin to shomgacha kitob o‘qib bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Ammo avvallari talabalarga tajriba asosida bu vaqtda dam olish taklif qilingan. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan savol javobni o‘qing. https://savollar.islom.uz/s/19135

25 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 202 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar