Homilani oldirasan deb majburlasa

Assalomu alaykum! Men rossiyadan erimning oldidan kelganimda homilador bo‘lib qolgan ekanman va buni erimga aytdim. O‘sha vaqtda homila 1 yarim oylik edi, erim esa “homilani oldirasan menga bu bola kerak emas” dedi va oradan 2-3 kun o‘tgach qaynonam xam homilador ekanligimni bildi va oldirasiz deb turib olishdi. Men xech qaysinisini gapiga quloq solmay homilamni oldirmadim. Shunda menga gunox bo‘lmaydimi? Eriga itoatsizlik qildi deb va bir oy o‘tgach ayrim sabablarga ko‘ra erim menga “3 taloqsan” dedi va xozirgi kunda xomilam 6 oylik. Erim shu oyni oxiriga kelaman deyapti, gaplashishimiz xam. Biz nikox o‘qitib yashasak bo‘ladimi yoki 3 taloq tushdimi menga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oldirmasdan gunohkor bo‘lmagansiz. Orangizga uch taloq tushgan. Uch taloqning hukmi "Baxtiyor oila" kitobida quyidagicha berilgan.
Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 144 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar