Ramazondan keyin ro‘za tutish
Assalomu alaykum! Muborak ramozon oyi tugagandan keyin yana orqasidan 3 kun ro‘za tutish xaqida so‘ramoqchidim. Iltimos kengroq tushuncha bersangizlar. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uch kun emas 6 kun. عَنْ أَبِي أَيُّوبَ الْأَنْصَارِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : مَنْ صَامَ رَمَضَانَ ثُمَّ أَتْبَعَهُ سِتًّا مِنْ شَوَّالٍ فكَانَّمَا صَامَ الدَّهْرَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ Abu Ayyub al-Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazon (ro‘zasi)ni tutib, ketidan Shavvoldan olti (kun ro‘za) tutsa, yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi», dedilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Sharh: Ramazon oyidan keyin keladigan Shavvol oyida olti kun nafl ro‘za tutishga targ‘ib qilish o‘ziga yarasha hikmatga ega. Avvalo doimo nafl ro‘za tutishga targ‘ib qilinadi. Qolaversa, Ramazon bo‘yi ro‘za tutib yurib, Shavvolda birdan o‘zini ovqatga urish ham yaxshi emas. Tabiblar ham ochlikdan chiqqandan keyin taom iste’mol qilishni asta-sekin ko‘paytirishni tavsiya qiladilar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Iyul 2022, 09:45 | Savol-javoblar | 143 | Ibodatlar