Ikki dunyoyim kuyib ketdimi?
Assalomu alaykum! Men erimdan 3 taloq olganman, lekin erimni xar xil qo‘rqitishlaridan keyin ancha yil nikoh o‘qittirb yashadik, End bizni ikki dunyoyimiz kuyb ketadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qattiq pushaymon bo‘lib istig‘for aytinglar. Oralaringda nikoh bog‘lanmaydi.
Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar