Zinoning ta’siri

Assalomu alaykum! Turmush qurganimizga 4 yil bo‘ladi. 2 nafar farzandimiz bor, qiz va o‘g‘il. Xo‘jayinim to‘ydan 1 yil o‘tmay zino ishlarini qilishni boshladilar. Shu yil baxor oyidan to‘liq namozga kirib ketdilar. Kechasi bilan xam taxajjud namozini o‘qiydilar. Bilsam yana 3-4 qiz bilan zino qilishni boshlabdilar. Bu kanalni doimo o‘qib yuradilar. Iltimos bilib turib qilingan zinoni qanchalik gunoxligini tushuntirib beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zinoning salbiy ta’siri bo‘ladi. Ota-ona solih bo‘lsa uning ham. Alloh taolo Qur’on karim “Kahf” surasida ikki etim bolaning devor ostiga ko‘milgan hazinasi ochilib qolmasligi va balog‘atga etganlarida o‘zlari olishlari uchun Xizr va Muso alayhimassalomlar devorni qayta urganlari zikr qilingan. Bu bolalarga Allohning mehribonchiligiga sababni Alloh taolo suraning davomida bayon qilib “و كان ابوهما صالحا” ya’ni “Ularning otalari solih odam edi” degan. Ya’ni farzandlar o‘sha hazinani qo‘lga kiritib manfaatdor bo‘lishlariga otaning salohiyatini sabab deb bayon qilgan. Ota-onaning qilgan birgina xatosi, gunohi farzandlarining bir umrli alamli azoblanishlariga sabab bo‘lishi to‘g‘risida Sa’id ibn Musayyib quyidagi hadisni keltirganlar. عَنْ سَعِيْدِ بْنِ الْمُسَيِّبِ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ جَاءَ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ   فَقَالَ: مَا اسْمُكَ؟ قَالَ: حَزْنٌ، قَالَ: أَنْتَ سَهْلٌ، قَالَ: لَا أُغَيِّرُ اسْمًا سَمَّانِيهِ أَبِي. قَالَ ابْنُ الْمُسَيِّبِ: فَمَا زَالَتِ الْحُزُونَةُ فِينَا بَعْدَهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَحْمَدُ وَأَبُو دَاوُدَ Sa’iyd ibn Musayyibdan, u otasidan, u bobosi roziyallohu anhumdan rivoyat qilinadi:
«U Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borganida:
«Isming nima?» dedilar.
«Hazn», dedi.
«Sen Sahlsan», dedilar.
«Otam menga qo‘ygan ismni o‘zgartirmayman», dedi.
Ibn Musayyib:
«Shundan keyin bizda mahzunlik doimiy bo‘lib qoldi», dedi.
Buxoriy, Ahmad va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Hazn – «qiyinchilik», sahl – «osonlik» deganidir. Sa’iyd ibn Musayyib roziyallohu anhuning bobolari Hazn ibn Abu Vahb Qurashiyning bir og‘iz xatolari bilan butun boshli bir urug‘ qiyinchilikka qolgan ekan. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh esa zinoni qarz deganlar. Bir kun o‘sha qarzni qaytarib berishi aniq. Shuning uchun qizlarimiz va ayollarimizga rahm qilishimiz kerak. Ota-onalar va ayollar ham o‘g‘illari va erlarining bu ishlariga juda qattiq turishlari kerak. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 18:25 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar