Ishni ertaroq tugatib uyga ketish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, ish soatim 16:00-18:00 gacha. Lekin men ishimni tezda qilib uyga ketaman 17:20 lar atrofida. Lekin menga 2 soatga pul to‘laydi firmamiz. Savolim shuki agar men uyga erta ketsam ishimni tugatib olayotgan pulim xarom bo‘ladimi? Albatta, boshliqlarim buni bilishmaydi, bilishsa unashmaydi. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar bilishsa unamasa joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:58 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar