Qanday xolatlarda namoz qazosi o‘qilmaydi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qanday xolatlarda namoz qazosi o‘qilmaydi va namoz qazo hisoblanmaydi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ruhiy kasal, komaga tushganlar odam foyda ziyonni bilmaydigan darajaga tushib va bu tushgan vaqti besh vaqt namoz muddatidan o‘tib ketsa qazosi o‘qilmaydi. "Kifoya" kitobida quyidagicha kelgan:
Bir kechayu bir kunduz jinni bo‘lgan yoki hushidan ketgan odam o‘tgan namozlarni qazo qiladi.
Ibn Umar, Ammor ibn Yosir va hazrati Ali roziyallohu anhum o‘zlaridan ketganlaridan keyin hushlariga kelganlarida namozni qazo qilib o‘qiganlar. رَوَى الدَّارَقُطْنِيُّ عَنْ يَزِيد مَوْلَى عَمَّارِ بْنِ يَاسِرٍ أَنَّ عَمَّارَ بْنَ يَاسِرٍ أُغْمِيَ عَلَيْهِ فِي الظُّهْرِ وَالْعَصْرِ وَالْمَغْرِبِ وَالْعِشَاءِ، وَأَفَاقَ نِصْفَ اللَّيْلِ فَقَضَاهُنَّ Dora Qutniy Ammor ibn Yosirning mavlosi Yaziddan rivoyat qiladi:
«Ammor ibn Yosir peshin, asr, shom va xuftonda hushidan ketib yotdi. Yarim kechada o‘ziga keldi va hammasini qazo qildi».
Agar bir soat ziyoda bo‘lsa ham, qazo qilmaydi.
Bu erdagi «soat» oltmish daqiqani emas, bir oz muddatni bildiradi. Ya’ni mazkur ikki holat bir kechayu bir kunduzdan bir oz o‘tib ketsa, namozlarning qazosini o‘qimay qo‘yaveradi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:19 | Savol-javoblar | 148 | Namoz