13 amal tarqalsa balo kelishi

Assalomu alaykum! Bir joyda bir xadis eshitdim, mazmuni quyidagicha: "ummatlarim orasida 13 amal keng tarqalsa Alloh balolarini yuboradi. (O‘sha amalar keltirilib o‘tilgan) o‘sha gunoxlar sodir bo‘lavergach Alloh taolo turli xil bedavo balolarni yuboradi". Shunday hadis bormi, saxixmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi hadislar juda ko‘p va ular hujjatga yaroqli. فعن عبد الله بن عمر - رضي الله عنهما - قال: أقبل علينا رسول الله - صلى الله عليه وسلم - فقال: (يا معشر المهاجرين، خمسٌ إذا ابتليتم بهن وأعوذ بالله أن تدركوهن: لم تظهر الفاحشة في قوم قطُّ حتى يعلنوا بها إلا فشا فيهم الطاعون والأوجاع التي لم تكن في أسلافهم الذين مضوا، ولم يُنقصوا المكيال والميزان إلا أُخذوا بالسنين وشدة المؤونة وجور السلطان عليهم، ولم يمنعوا زكاة أموالهم إلا مُنعوا القطر من السماء، ولولا البهائم لم يُمطروا، ولم ينقضوا عهد الله وعهد رسوله إلا سلط الله عليهم عدوًّا من غيرهم فأخذوا بعض ما في أيديهم، وما لم تحكم أئمتهم بكتاب الله ويتخيروا مما أنزل الله إلا جعل الله بأسهم بينهم) رواه ابن ماجه في سننه  Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tepalarimizga kelib: “Ey muhojirlar jamoasi beshta narsaga mubtalo bo‘lsalaringiz Allohdan ularga qo‘l urishlaringizdan panoh so‘rayman, qaysi qavmda faxsh tarqalib uni ochiqdan-ochiq qilishadigan bo‘lishsa oralarida vabo va o‘zlaridan avval o‘tganlar ichida tarqalmagan kasalliklar tarqaydi. Kayl(litr), vazn(gramm)dan urib qoladigan bo‘lsalar qahatchilik va qattiq qiyinchilik, podshohlar ular ustidan zulm qilishlariga duchor bo‘lishadi. Zakotni man qilishsalar osmondan yog‘adigan yomg‘irdan mahrum bo‘lishada. Hayvonlar bo‘lmaganida edi ularga yomg‘ir yog‘ilmas edi. Alloh va rasuliga bergan ahdlarini buzsalar Alloh ularning tepasiga o‘zlaridan bo‘lmagan dushmanlarni sulton qilib qo‘yadi. Ular qo‘llaridagi narsalardan tortib olishadi. Imomlari Allohning kitobi bilan hukm qilmasalar va Alloh nozil qilgan narsalarni ixtiyor qilmasalar Alloh ularni kulfatini ichlarida qilib qo‘yadi” dedilar.
Imom Ibn Moja Sunanlaridan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 152 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar