Farzandli bo‘lmayapmiz

Assalomu alaykum. Nima desamekan. Turmush qurganimizga 5 yil bo‘layapti. Farzandlik bo‘lmadik xali. O‘zimiz Qozog‘istondamiz. İshlaymiz. Yaqinda uyga boramiz. Qaynona qaynotam ajratamiz (deb turishadi) deyishidan qo‘rqaman. Erimni juda yaxshi ko‘raman. Bizga xam Olloxim bir kun ato etadi farzand albatta. Erim Ekoga unamaydilar, farzand boqib olishga xam. Xozir dogovor bilan (surragatniy mama) farzandli bo‘lishyapti. (O‘ylashga xam qo‘rqaman) bir qizga iltimos qilib, erim bilan shariy nikoxlansalar, farzandli bo‘lsalar, keyin u ayol o‘z roziligi bilan ketsa (farzandli bo‘lishsa) bo‘ladimi. Vaqti kelib o‘zim xam farzandli bo‘larman. Erim farzandsizlikdan qiylanib yurishiga chidolmayapman..
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar ayb sizda bo‘lsa eringizni yana bir ayolga uylanib ota bo‘lish baxtiga sharoit yaratib bering. Agar ayb eringizda bo‘lsa talog‘ingizni olingda boshqaga tegib o‘zingiz onalik baxtiga muyassar bo‘ling. Bu bizni emas shariatning gapi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:19 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar