Imom javobgarmi?

Assalomu alaykum! Biz uyda 3 kishi namoz o‘qiymiz, lekin shu namozga turganimizda hech kim imom bo‘lishga rozilik bermaydi. Bunga sabab imom iqtido qiluvchilarning barcha namozdagi xatolariga qiyomatda javob berar emish. Shu gap qanchalik to‘g‘ri? Agar imomga ergashuvchi betahorat yoki aroq ichuvchi bo‘lsa ham bunga javobgar imom bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Imom muqtadiylarning namozdan tashqari ishlariga javobgar bo‘lmaydi. Bu erda masala shundaki, agar imomning tahorati, qiroati va namozining boshqa ruknlarida nuqsoni bo‘lsa, shundagina muqtadiylarning namoziga mas’ul bo‘ladi. Aks holda qiroati afzal kishi o‘tishi shart. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 07:39 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar