Sovuq qotganlaridagi hadis sahihmi?
Assalomu alaykum! Bir haidis eshitib qoldim. Unga ko‘ra bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjiddan Oisha onamiz huzurlariga kelibdilar. Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sovuq qotgan ekanlar va Oisha onamizga oyoqlaringni och deb buyurgan ekanlar. O‘sha paytda Oisha onamiz hayz ko‘rgan vaqtlari ekan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Oisha onamizning ikki sonlari orasiga boshlarini qo‘yib isingan ekanlar. Hurmatli ustozlar mana shunday hadis haqiqatan ham bormi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hayz holatlarida quchoqlarida isinganlari va sonlariga muborak boshlarini qo‘yib uxlaganlari ham bor. Ammo xuddi siz aytgandek lafzlar bilan kelgan hadis yo‘q. Buni kim shunday aytgan bo‘lsa ham juda katta beodoblik qilibdi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:19 | Savol-javoblar | 152 | Hadislar