Aroq aralashgan qurbonlik

Assalomu alaykum! Men kelin bo‘lib tushganimga 2yil bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘gimning bobolari va buvilari Umra ziyoratida bo‘lganlar. Toat ibodatli yaxshi insonlar. Xar 2-3oyda qo‘y so‘yib ehson qiladilar. Qo‘y so‘yish uchun o‘zlarining 2 ta yoshlari katta oshpaz-qarindoshlarini chaqiradilar. Ular so‘yish davomida bobomiz va buvimizdan yashirin aroq ichib o‘z ishlarini bajaradilar. Uyimizdagi xamma oila a’zolarimiz ularning bu ishlarini bilishadi. Lekin xech kim bu ishdan qaytarishga xarakat qilmaydi. Savolim shuki, bobomizning qilgan ehsonlari qabul bo‘ladimi? Oshpazlarga aroqni keltirib bergan inson xam gunoxkor bo‘ladimi? Biz bu vaziyatda qanday yo‘l tutsak to‘g‘ri bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bobongizni so‘ygan hayvoni alohida masala. Qassob va oshpazlarning qilgan ishlari alohida masala. Bobongizni niyat to‘g‘ri bo‘lsa, shariatga muvofiq so‘yilsa va ichayotganlar ovqatga aroqni quyib yoki aroq quyilgan idishdan ovqatlarga foydalanmasa ovqat halol bo‘ladi. Mast qiluvchi narsani ichuvchisi ham olib kelib beruvchisi ham ko‘rib indamagan kishilar ham gunohda barobar bo‘lishadi. Ikkisiga gapi o‘tadigan oilani kattalariga aytish kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:21 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar