Aroq ichgan kishining namozi haqida
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hadislardan bilamizki, Alloh aroq ichgan kishining 40 kunlik namozlarini qabul qilmaydi. Lekin ayrim ulamolar aroq ichgan bo‘lsada namozni kanda qilmaslikni aytganlar. Shunday savol tug‘uladi: agar inson aroq ichib kayfi tarqagandan keyin namoz o‘qisa, u qabul bo‘lmaydi (yana Alloh bilguvchiroq). Bu holdagi qabul bo‘lmaydi degani bu namoz hisob emas ya’ni o‘qilmagandek hisoblanadimi? U odam qabul bo‘lish umidida o‘sha 40 kunda namoz o‘qishi kifoyami yoki o‘sha 40 kun ichida ham namoz o‘qib, 40 kun o‘tib qayta o‘qishi kerakmi? Savolim noo‘rin va mazmunsiz bo‘lsa uzr so‘rayman!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Namozni o‘qiyveradi. Tavba qiladi. Nadomat qiladi. Gunohni takrorlamaslikka azmu qaror qiladi. Qolgani Alloh taologa havola bo‘ladi.
29 Aprel 2022, 07:24 | Savol-javoblar | 212 | Namoz