Yolg‘ondan qaytarish

Assalomu alaykum! Men 3 nafar farzandni onasiman. Xar bir ona kabi men xam farzandlarimga chiroyli tarbiya berishni vam farzandlarim xalol pok aqlli va ilmli bo‘lishligini xoxlayman. Negadir so‘ngi paytlarda katta farzandim yolg‘on gapirishni odat qilyabdi. Unga bu noto‘g‘riligini tushuntirdim bir necha bor, lekin baribir yolg‘on gapiryabdi. Sizdan iltimosim qanday qilib to‘g‘ri tushuntirish va to‘g‘ri tarbiya berishim mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Farzand siz aytgan yoshda eshitganiga emas ko‘rganiga amal qiladi. Oddiy misol bir kishi bosh barmog‘ini ko‘rsatib yon atrofdagilariga ko‘rsatgich barmog‘ilaringiz bilan ishora qiling desa hamma ko‘rsatgich barmog‘i qolib bosh barmog‘ini ko‘rsatadi. Chunki ularga gapirgan kishi bosh barmog‘ini ko‘rsatib turgan edi. O‘zingiz ham bir sinab ko‘ring, boshqa ishlarda ham xuddi shunday. Shuning uchun avvalo ota-onalar so‘ng bolaning yon atrofidagilar solih ya’ni aslo yolg‘on gapirmaydigan kishilardan bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 137 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar