Peshingacha o‘qilish mumkin bo‘lgan qazo namozlari

Assalomu alaykum! Peshin namozidan oldin bomdod namozining sunnati va farzi qazosini o‘qish mumkinligini bilib oldim. Men yuzim qonagani sababli xufton va bomdod namozini qazo qilishga majbur bo‘ldim. Peshin namozining vaqti kirishidan oldin shu qazo qilgan namozlarimni (birinchi xuftonni, vitrni va bomdodni) o‘qib olishim mumkinmi? Yoki faqatgina bomdod namozining o‘zini qazo qilganlar uchun (Xufton, vitrni qazo qilmaganlar bo‘lsa) peshingacha bomdodning farzi va sunnati qazosini o‘qish mumkin deyilganmi? Iltimos agar men Bomdod va undan oldin qazo namozlarim bo‘lsa (Masalan: Shom, Xufton va Vitr) unda Peshin vaqti kirguncha Shom namozidan boshlab tartib bilan o‘qib so‘ng oxirida bomdodning sunnatini va farzini qazo qilib o‘qisam bo‘ladimi? Savolimni yaxshi bermagan yoki tushunarsiz bo‘lsa uzr ustozlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo yuzingiz qonagani namozni qazo qilishga sabab bo‘lolmaydi. Qazoni esa quyosh chiqqanidan keyin o‘qishingiz mumkin. Peshinga olib borish shart emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:21 | Savol-javoblar | 271 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar