Kalbasa tsehda ishlash

Assalomu alaykum! 21 yoshdaman hozirda Rossiyada ishlayabman kalbasniy tsehda. Kasbim zames tayorlayman, lekin go‘shti cho‘chqaniki. Molnikiyam bor, lekin o‘sha ishxonamda albatta tahorat bilan namoz o‘qib kelmoqdaman. Keyin tahorat olganimizda qo‘lim va tirsagimizgacha o‘sha harom go‘shtlar tegsa taxoratni sindiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom go‘shtlar tekkan joyni namozdan oldin yuvib tashlasangizlar namozga zarari yo‘q. Lekin shu qilayotgan ishlaringiz shariatga zid. Zames tayyorlayman deganingizni tushunmadik. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 03:46 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar