Telefonda aytilgan uch taloq

Assalomu alaykum! Men ikkinchi turmushga chiqdim. 8 oy yashab yurdim. Bir kuni erim bilan tortishib qoldim va ko‘chaga chiqib ketdim. O‘sha kuni u birinchi ayolini oldiga borib o‘sha bilan yashashga qaror qildi. Keyin erim o‘z telefon nomeridan “3 taloq qo‘ydim seni” deb sms yozibdi va yana aytdiki senga vaqt o‘tkazish uchun uylangandim xalos dedi. Endi nima qilsam bo‘ladi? Men onamni uyida ko‘ch-ko‘ronim bilan keldim, u o‘sha ayol bilan yashayapti, aytishlaricha birinchi ayolini boshqa bir erkak bilan ushlab olgan so‘ng 3 taloq qo‘ygan va ajrashishgan ekan. Kundoshim meni xaqorat qilib sms yozib yuboribdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlarga uch taloq tushgan. Iddangizni tugatib boshqaga turmushga chiqing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:22 | Savol-javoblar | 193 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar